

"U ajoyib o'yinchi, ammo yirik muvaffaqiyatlarga qaramay, bu Lamin Yamalning yili bo'lmadi. U Ispaniyaning jahon chempionatidagi chempionlik kampaniyasida "ko'pchilikdan biri" edi va avval erishgan hamda ushbu mavsumda yana ko'rsatayotgan darajasiga to'liq eta olmadi.
Bu uning ovoz berishda imkoniyati yo'q degani emas. Unda "Oltin to'p" sohibi bo'lish uchun hamma narsa bor. Men sovrinlar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb hisoblayman, shuning uchun uning imkoniyatlarini bu yil "Real" bilan ham, Fransiya terma jamoasi bilan ham hech narsa yuta olmagan Mbappenikidan ko'ra yaxshiroq ko'ryapman.
Ammo men baribir Garri Keynni favorit deb bilaman. U "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi, jahon chempionatida gol urdi va Chempionlar ligasida muhim gollarni kiritdi. Bundan tashqari, u "Bavariya" bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritdi va ham Chempionlar ligasi, ham jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi", - dedi Matteus Sky efirida.



