"Kelajak League-2017". Musobaqaning 4-turi ortda qoldi

Xayrulla Xoliqov
26 sen 2017
"Championat.asia" hamda "Best Sport Media" hamkorligida yo'lga qo'yilgan 2008-2009 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Kelajak League-2017" festivalining 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Haftaning har yakshanba kuni "NBU" stadionida bo'lib o'tayotgan o'yinlardan bu gal bitta bahs o'tkazilmadi. Yani, bazi sabablarga ko'ra, BO'SM-2 - "Paxtakor-B" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi. 

Qolgan to'rtta o'yin esa o'z vaqtida o'tkazildi. Quyida natijalarni keltirib o'tamiz. 

11:00. "Junior Football" - "Paxtakor-A" 3:7
Gollar: Muhammadaliev Abdurahmon (2ta), Marufjonov Miraziz - Rajabov Arslon (3ta), Shomurodov Farrux, Talatbekov Kamron (2ta), Jumaboev Muhammadali. 

12:00. "Spartak" - BO'SM-16 1:0
Gol: Ulug'bek Xayrullaev. 

14:00. "JFL-B" - "Lokomotiv" 3:1
Gollar: Mahmudov Muhammadyusuf, Mahmudov Ilyos (2ta) - Japarov Temur.

15:00. IBO'SM - "JFL-A" 5:3
Gollar: Abdusattorov Mohir (2ta), Asatullaev Yashnar (2ta), Odinaev Bogdan - To'xtaboev Jafar (2ta), Mahmudov Behruz.


"Kelajak league-2017". 4-tur o'yinlaridan FOTOGALEREYA


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia