

Mazkur mutaxassis "Kattaqo'rg'on"ni joriy yilning may oyida qabul qilib olgan va jamoani mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorlagan edi. Klub uning qo'l ostida jami o'nta rasmiy uchrashuv o'tkazdi – beshta g'alaba, bitta durang va to'rtta mag'lubiyat qayd etildi.
"Kattaqo'rg'on" rahbariyati Yuriy Anvarovich hamda uning murabbiylar shtabiga jamoa rivoji yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad tiladi. Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati bo'sh qolgan bosh murabbiylik postiga yangi nomzodni e'lon qilishi kutilmoqda.
Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, uning o'rniga "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev tayinlanishi mumkin.



