"Kamp Nou"ni ta'mirlayotgan kompaniya norasmiy ishchilardan foydalangani uchun jarimaga tortildi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2025, 19:00
"Barselona" va uning muxlislari klubning "Kamp Nou"ga qaytishini 3 yil kutishdi, bu voqea "Atletik" Bilbao ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g'alaba bilan nishonlandi.

Shunga qaramay, mashhur arena nomi yana bir bor yangiliklar sarlavhalariga chiqmoqda.

Kataloniya mehnat inspeksiyasi ta'mirlash ishlarini olib borayotgan "Extreme Works" kompaniyasi ro'yxatdan o'tmagan ishchi kuchidan foydalanayotganini aniqladi. Tekshiruv natijasida kamida 79 nafar shunday ishchi, asosan, Turkiyadan kelganlar aniqlandi. Bu - Yevropa uchun kutilmagan holat.

Derbyderbyderby.it ma'lumotlariga ko'ra, endi kompaniya 1,09 million evro miqdorida jarima to'lashi zarur.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: derbyderbyderby.it