Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 01:55
UEFA Millatlar ligasi (V liga) guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Shvetsiya va Polsha terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Ushbu bahsda shvedlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuv Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi "Stroberri Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Ispaniyalik Xaver Alberola Roxas bosh hakam sifatida ishladi.

Benyamin Nyugren to'qqizinchi daqiqada hisobni ochdi va Shvetsiya terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Sebastyan Shimanski 43-daqiqada tablodagi muvozanatni tikladi. Yasin Ayari 64-daqiqada yana shvedlar jamoasiga ustunlik taqdim etdi, 72-daqiqada esa Viktor Dyokeresh oradagi farqni oshirdi.

Shvetsiya - Polsha

Gollar: Nyurgen 9, Ayari 65, Dyokeresh

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia