

Ispaniyalik darvozabon La Liga doirasida "Rasing"ga qarshi (7:2) uchrashuvning birinchi bo'limida to'p uchun harakatlanayotgan paytda sirpanib ketgan. Shundan so'ng Garsiya noqulaylik his qilgan va tanaffusda uning o'rniga Voychex Shchensni maydonga tushgan.
"Barselona" rasmiy bayonotida: "Asosiy jamoa futbolchisi Joan Garsiyaning o'ng tizzasida engil noqulaylik bor. Uning safga qaytish muddati tiklanish jarayoni dinamikasiga bog'liq bo'ladi", - deya ma'lum qildi.
Shu sababli darvozabonning keyingi uchrashuvlarda maydonga tushishi hozircha savol ostida.



