

"Manchester Siti" - "Norvich Siti" 4:0
Gollar: 29, 54 - Floyd Samba, 32 - Rayan Sherki, 48 - Allan
“Manchester Siti”: 28. Xeronimo Ruli, 45. Abduqodir Husanov, 22. Vitor Reys, 33. Niko O'Rayli, 21. Rayan Ayt-Nuri, 82. Riko Lyuis, 32. Ayyub Buaddi, 8. Mateo Kovachich, 37. Allan (61. Keyden Breytueyt, 71’), 10. Rayan Sherki (56. Rayan Makaydu, 46’), 75. Floyd Samba.
Zaxira: 1. Janluiji Donnarumma, 6. Mark-Izrael Gexi, 27. Mateus Nunesh, 5. Elliot Anderson, 7. Iliman Ndiaye, 17. Enco Fernandes, 42. Antuan Semeno.
“Norvich Siti”: 32. Deniel Grimshou, 35. Kellen Fisher, 28. Bruno Alves, 6. Garri Darling, 13. Darlin Yongva, 16. Jeykob Rayt, 26. Sem Fild, 20. Anis Slimane (21. Moxamed Ture, 71’), 17. Ante Crnac (49. Entoni Musaba, 62’), 19. Papa Diallo (25. Edmond-Peris Magoma, 46’), 30. Matias Kvistgorden.
Zaxira: 1. Vladan Kovachevich, 3. Jek Steysi, 15. Ruayri Makkonvill, 14. Ben Krizen, 7. Pelle Mattsson, 29. Oskar Shvartau.
Ogohlantirishlar: 30 - Kellen Fisher
74. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Moxamed Ture gol urdi, biroq bu holatda offsayd bo'lgan ekan.
71. O'Raylining zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
70. “Siti” to'p nazoratini to'liq o'z qo'liga olgan, bahs asosan maydonning “Norvich” darvozasi joylashgan qismida o'tmoqda.
64. “Norvich” futbolchisining uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Ruli qaytardi.
58. Temp biroz tushgandek o'yinda, shunday bo'lsa-da “Siti” oddiy vaziyatlardan gol urib ketmoqda.
55. O'yin gollarga boy bo'lishini dastlabki o'ttiz daqiqada hech kim kutmagandi.

54. GOL! Samba hisobni yanada yiriklashtirdi! Floydning aylantirib bergan zarbasi o'ta go'zal chiqdi va golga aylandi!
51. Chap qanotdan uzatilgan to'pni Ruli bartaraf etdi.
49. “Norvich” qayta olarmikin?!

48. GOL! Allan hisobni yiriklashtirdi! Allan bir necha himoyachini aldab o'tib, darvozaga to'pni joylab qo'ydi.
47. “Siti” bo'limni o'ta faol boshladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
39. Samba juda qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!
33. Haa, “Norvich”ning holati qiyinlashdi. Ammo esdan chiqarmaslik lozim: kecha Manchesterning boshqa bir jamoasi 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda “Brayton”ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

32. GOL! Sherki hisobni oshirdi! Buaddi Rayanni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, uning zarbasi golga aylandi!
30. Gol ko'rdik nihoyat, endi mehmonlardan ham faollik kutamiz.

29. GOL! Samba hisobni ochdi! Qanotdan uzatilgan to'pni Floyd darvozaga aniq joyladi!
28. Sherki o'zining sanati bilan stadionga yig'ilganlarning olqishiga sabab bo'lmoqda. Chiroyli o'ynayapti bugun u!
23. Buaddining uzatmasidan so'ng Mukasa yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq darvozaga zarba bera olmadi.
19. O'tgan vaqtlarda “shaharliklar”dan biror aytarli hujum ko'rmadik.
12. Yana “Norvich” oldinga o'tdi, bu safar ham “Siti” himoyachilari faollik ko'rsatishdi.
10. Abduqodir bugun markaziy himoyada o'ynamoqda. Uning faolligi e'tiborga loyiq.
5. Ilk daqiqalardan mehmonlar anchagina faol.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Liga Kubogi doirasidagi "Manchester Siti" - "Norvich Siti" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



