Jerrard: "Runi bir o'zi raqibning butun boshli himoyasiga bosim yarata olardi"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2025
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard Rio Ferdinandga bergan intervyusida Ueyn Runi haqida fikr bildirdi.

"Ueyn, shubhasiz, terma jamoadagi eng kuchli hamkasbim bo'lgan. Uning mahorat arsenali haqiqatan ham hayratlanarli edi - u odatiy hujumchi yoki klassik "o'ninchi raqam" emas, balki bir o'zi raqibning butun boshli himoyasiga bosim yarata oladigan universal hujumchi edi".

Ueyn Runi Angliya terma jamoasida 120 ta uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urgan va 21 ta golli pas bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: youtube.com/@rioferdinandpresents