Jek Ma kelasi 10 yilda Xitoy ayollar futboliga 1 milliard yuan miqdorida investiciya kiritadi

Alisher
29 may 2020, 17:24
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Xitoy futboliga oid yangilik bilan o'rtoqlashdi.

"Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Ma kelasi 10 yilda Xitoy ayollar futboliga 1 milliard yuan (140 million dollar) miqdorida sarmoya kiritadi.

Aniqrog'i, Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi (XFA) har yili 14 million dollar miqdorida qo'shimcha mablag'ga ega bo'ladi.

Taqqoslash uchun: XFA bir yil oldin yillik harajatlar 10 million dollar atrofida ekanligini ma'lum qilgan edi. Endi bu byudjet 2,5 barobarga o'sadi.

2018 yilda XFAning ayollar futboli uchun qilgan harajatlari deyarli 2 million dollarni tashkil etgan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida  

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia