

Birinchi bo'lim golsiz o'tdi. 60-daqiqada Yoel Poxyanpalo bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yindagi yagona golga mualliflik qildi.
E'tiborlisi, "Andijon" futbolchisi Vladislav Vasilev 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Finlyandiya – Qozog'iston 1:0
Olimpiya stadioni
Gol: 1:0 – 60 Poxyanpalo.
Finlyandiya – Gradecki, Arayuuri, Uronen, O`Shonessi, Alxo, Teylor (Kayrinen, 78), Shyuller (Sparv, 90), Valakari (Nissilya, 78), Vyaysyanen, Poxyanpalo (Yensen, 80), Pukki (Forss, 90).
Qozog'iston – Shackiy, Erlanov, Marochkin, Alip, Taykenov (Kuat, 72), Vorogovskiy, Orazov (Tagibergen, 63), Tapalov, Jukov (Jarinbetov, 81), Aymbetov (Shushenachev, 72), Tattibaev (Vasilev, 63).
Ogohlantirishlar: Orazov (62), Alxo (64), Erlanov (75), Jarinbetov (90).



Bu mag'lubiyat Talgat Baysufinov shogirdlarining ushbu bosqichdagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Qozog'iston bungacha Fransiyaga (0:2) yutqazib, Ukraina bilan ikki marta durang o'ynagan edi.
Qozog'istonning keyingi o'yini mehmonda Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechadi.

