Nazorat uchrashuvi. "G'azalkent" Antaliyadagi so'nggi o'yinda Qozog'iston klubiga imkoniyatni boy berdi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2026
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan "G'azalkent" jamoasi xorij yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Vakillarimizga Qozog'istonning "Shaxtyor" (Qarag'anda) klubi raqiblik qildi.


Nazorat bahsi

"G'azalkent" - "Shaxtyor" (Qarag'anda) 1:4

Gol: Suxrob Sadirjanov.

"G'azalkent"ning asosiy tarkibi: Timofey Tolstenev, Muhammadyusuf Mahmudov, Hojiakbar Yusufboev, Abdurahmon Abdullaev, Azizillo Erkinjonov, Timofey Postnikov, Odil Bahodirov, Elbek Rozuqulov, Ivan Korshunov, Behruz Jamoliddinov, Abdulvosid Mahmudov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Maxset Qo'chqorboev, Ozod Ibodulloev, Abduvakil Xikmatillaev, Adam Prisyajnyuk, Muhammadyusuf Fayzullaev, Muhammadaziz Ro'ziboev, Suxrob Sadirjanov, Asilbek Abdurasulov, Diyorbek Tojiev, Dmitriy Lunyov, Umid Turg'unov.

Ushbu uchrashuv orqali "G'azalkent" jamoasi Antaliyadagi tayyorgarlik bosqichini yakunladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia