Finlyandiya klubi muxlislari klub Premer-ligadan tushib ketganidan so'ng stadionni yoqib yuborishdi

Khoja
12 dek 2025, 07:38
Yahoo Sports xabar berishicha, Finlyandiyaning "Haka" klubi muxlislari jamoa Premer-ligadan tushib ketganidan keyin stadionlarini yoqib yuborishgan.

Bosh tergovchi tasdiqlaganidek, Finlyandiya policiyasi voqea joyida 15 yoshgacha bo'lgan uch nafar o'smirni hibsga oldi. Ulardan biri o't qo'yganini tan oldi.

Yong'in taxminan 400 tomoshabinni sig'dira oladigan yog'och tribunalarni butunlay vayron qildi. Stadionning umumiy sig'imi 3000 dan oshadi. Yong'in sun'iy maysazorning ayrim qismlariga ham tarqalib, maydonning bir qismini yaroqsiz holga keltirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: yahoo sports