

Takidlanishicha, himoyachi ikkinchi marta (birinchi marta bir yil oldin) madridliklarga aynan ular safiga o'tishga vada bergan. Hozirda argentinalik futbolchi kelishuv qachon amalga oshirilishini "sabrsizlik bilan kutmoqda”.
Ispaniya klubi "Tottenxem" bilan muloqotni davom ettirmoqda va bu safar kelishuvga erishish zarurligiga ishonchi komil. Shu bilan birga, so'nggi soatlarda "Barselona" aralashishga urindi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Avvalroq Mundo Deportivo Romeroning o'zi qaror qabul qilishni kechiktirayotgani va Ispaniya chempionlarining harakatlarini kutayotgani haqida xabar bergan edi.



