

"Men ushbu besh-oltita o'yindan juda mamnunman, ammo barcha e'tibor keyingi bahsga qaratilgan. Ketma-ket oltita g'alabaga erishganimiz haqida o'ylamayman, chunki bu o'yinlar allaqachon ortda qoldi. Men xursandman, tabiiyki, yutqazgandan ko'ra g'alaba qozonishni afzal ko'raman, lekin hozir bor e'tibor keyingi o'yinga qaratilgan.
Ko'p marotaba aytganman, bir haftadan uzoqroq istiqbolga qaramayman. Bizning ishimizda bir hafta ichida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Mavsumni boshlaganimizda, olti yoki ettita o'yindan so'ng qayerda bo'lishimiz haqida o'ylamagan edim. Men avval "Arsenal", keyin "Bornmut" haqida o'yladim va hokazo", - dedi "Siti" bosh murabbiyi.



