

O'zbekiston va Eron terma jamoalari bunga qadar barcha musobaqalarda 18 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Mazkur bahslarda forslar 10, O'zbekiston 2 ta g'alabani qo'lga kiritgan. 6 ta bahsda durang qayd etilgan.
Jamoalarning so'nggi 6 ta uchrashuvida vakillarimiz o'yindan 1 ta, penaltilar seriyasida 1 ta g'alabani tantana qilgan. Forslar oxirgi marotaba "oq bo'rilar"ni 2023 yil enggan, keyingi 6 ta o'yinda ularga yutish nasib qilmagan.
2025. O'zbekiston - Eron 0:0 (pen 4:3)
2025. O'zbekiston - Eron 1:0
2025. Eron - O'zbekiston 2:2
2024. O'zbekiston - Eron 0:0
2024. Eron - O'zbekiston 0:0
2023. O'zbekiston - Eron 2:2
Ma'lumot uchun, "Istiqlol" stadionidagi bahs 19:00 da start oladi.



