

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.
"Futbolchiga Eron, Qatar va Bolgariya klublari, Rossiyaning "Krasnodar" klubi qiziqdi, lekin ularni rad qildik. Maqsadimiz – kuchliroq chempionatga borish. O'rozov bo'yicha Italiyaning 2 ta, Germaniyaning 1 ta klubi bilan muzokara o'tkazyapmiz. Kuni kecha Turkiyada agentlar bilan shu masalada suhbatlashdik", – dedi futbolchining agenti.

Markaziy himoyachi joriy mavsum samarqandliklar tarkibida 16 o'yin o'tkazib, 2 marta sariq kartochka oldi.
21 yoshli futbolchining "Dinamo" bilan shartnomasi 2027 yilning so'ngiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 500 ming evroga baholamoqda.



