

Taniqli insayder Ekrem Konurning yozishicha, Germaniya terma jamoasi va "Ayntraxt" Frankfurt chap qanot himoyachisi uchun "Bavariya" va "Arsenal" o'rtasida shiddatli kurash ketmoqda.
Germaniya bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Braunni Jahon chempionati tarkibiga kiritganidan so'ng himoyachiga qiziqish keskin oshgani haqida xabarlar tarqalgan.
"Bavariya" va "Arsenal" endi Braun uchun asosiy da'vogarlar bo'lib, "Ayntraxt" uning ketishi muqarrarligini to'liq tushunadi. Biroq klub uni 80 million evrodan kamiga sotmasligi aniq.
Braun joriy mavsum "Ayntraxt" safida 42 o'yinda maydonga tushib, 4 ta to'p kiritdi va 6 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda.



