Ispaniya chempionatini 20 iyunda qaytadan boshlash rejalashtirilmoqda

8 may 2020, 07:05
Bu haqida “Leganes” ustozi Xaver Agirre ma'lumot berdi.

“Leganes” ustozi Xaver Agirre “El Chiringuito TV”ga bergan intervyusida La Liga rahbariyati mamlakat chempionatini 20 iyunda boshlashni rejalashtirayotganini aytgan. Agirrening so'zlariga ko'ra, La Liganing 11 ta turi 20 iyundan 26 iyulga qadar o'tkaziladi.

Ma'lumot uchun, top-5 ligalar ichida birinchilardan bo'lib Germaniya chempionati boshlanadigan bo'ldi. Bundesliganing qolgan o'yinlari 16 maydan o'tkaziladi.


Manba: El Chiringuito TV