

“Opta” ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu klasikodagi g'alabalar soni bo'yicha Zinedin Zidan, Luis Molovni va Fransisko Bruga yetib oldi (6 tadan g'alaba). Bu borada eng ko'p g'alaba murabbiy Migel Munosga tegishli (16 ta), ikkinchi o'rinda esa Karlo Anchelotti bormoqda (9 ta).
Mourinyu 2026 yildan beri "Real"da faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u mazkur jamoani 2010-2013 yillarda ham boshqargan. Zidan esa madridliklar bosh murabbiyi sifatida 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda ishlagan.



