Xorvatiya termasi tarixidagi eng sharmandali mag'lubiyat: Slaven Bilich Angliyadan uchralgan 0:7 hisobidagi qaqshatqich mag'lubiyatga izoh berdi

Iskandarov Abdulaziz
4 okt 2026, 09:28
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi so'nggi o'yindagi natijaga izoh berdi.

Xorvatiya​ milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Slaven Bilich Millatlar ligasining 3-turida Angliya termasiga qarshi kechgan uchrashuvdagi sharmandali mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, xorvatlar o'z tarixidagi eng yirik - 0:7 hisobidagi qaqshatqich mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi.

​"Stadiondagi tribunadan o'rin olgan muxlislardan, yosh bolalardan va barcha xorvatiyalik futbol ishqibozlaridan uzr so'rayman, biroq ishonavering, bu mag'lubiyat hammadan ko'ra bizga og'irroq botdi. Bunday holat yuz berishini aslo rejalashtirmagandik. Biz raqibga hech bir jabhada - na tajovuzkorlikda, na texnikada, na jismoniy tayyorgarlikda raqobat tug'dira olmadik. Shundan so'ng o'ziga bo'lgan ishonch, konsentratsiya va iroda pasayib ketdi va barchasi rejadagidek kyetmadi", - deya Bilichning so'zlarini keltiradi Dalmatinski Portal.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia