

Lyupcho Doriev to'p tepadigan Shimoliy Makedoniya Millatlar ligasining navbatdagi uchrashuvida Shotlandiya bilan kuch sinashdi. Doriev mazkur bahsda 62-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. O'yin esa Shotlandiyaning 2-0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ma'lumot uchun, Shimoliy Makedoniya keyingi bellashuvini 6 oktyabr kuni Shveytsariyaga qarshi olib boradi.




