

"To'pni o'zimizda saqlashimiz oson bo'lmadi, lekin himoyamiz va darvozabonimiz yaxshi o'ynadi. Bu o'yin natijasi bizni imkoniyatlarimizni yo'qotgani yo'q. Hali keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz bor.
OCHLdagi guruh bosqichi ham oxiriga kelib qoldi. Ikkita o'yinimiz qoldi. Butun e'tibortimizni shunga qaratamiz va pley-offga chiqishga harakat qilamiz.
Xudo xohlasa, keyingi uchrashuvda hujumkor o'ynab, yutishga harakat qilamiz. Bizda yaxshi imkon bor, jamoamizda pozitiv kayfiyat hukm suryapti. Yutishimizga ishonamiz. Bunga kuchimiz etadi", – dedi Akinade.



