Islomjon Ahmedov: "Bu o'yindan katta tajriba oldik. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz"

Administrator
22 apr 2025
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Andijon FA" - "Qo'qon-1912" (0:7) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islomjon Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Baribir bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, yosh futbolchilar o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi.

- Ikkinchi bo'limda jamoangiz darvozasiga 7 ta gol urilishini qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Jamoa tarkibi yosh futbolchilardan iborat. Ikkinchi bo'limda yigitlarda charchoq alomatlari ko'zga tashlandi, jismoniy faollikni yo'qotdik.

- Bu o'yindan jamoangiz nimalarni oldi?

- Albatta, bu o'yin bizga katta tajriba bo'ldi. O'yin video takrorini ko'rib chiqib, xato va kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia