Islom Inomov: "Biz murabbiylikni boshlaganmiz. Buyog'iga yoshlar kuchli raqiblar bilan o'ynashi kerak"

Mirjalol Normatov
18 may 2022
Bugun O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Italiya chempionati yulduzlariga qarshi bir necha nafar sobiq futbolchilar ham ishtirok etdi. Ulardan biri Islom Inomov saytimiz muxbiriga fikrlarini bildirdi.

"To'g'risi ancha vaqtdan beri "Paxtakor" stadionida bo'lmagandim. Futbolchilik paytimizdagi kiyinish xonalaridagi muhit esimga tushib ketdi. Ajoyib damlar bo'lgan. Bugun ham shu takrorlandi. Biz murabbiylikni boshlaganmiz. Yoshlar ko'proq kuchli raqiblar bilan o'ynashlari kerak. Stadionda haqiqiy bayramona kayfiyat kezib yurdi. O'zbekiston terma jamoasida o'ynash katta mas'uliyat degani. Xoh o'rtoqlik, xoh rasmiy o'yin bo'lsin doim faxr tuyg'usi qamrab oladi. O'z-o'zidan oldinga qarab intilasiz", - deydi Islom Inomov.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia