Iroq chempionati. Temirovning benefisiga aylanib ketgan bahsda "Arbil" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi

Khoja
14 mar 2026, 05:53
Iroq chempionatida 22-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Hamyurtlarimiz Sherzod Temirov va Marlen Chobanov to'p tepadigan "Arbil" kecha "Al Mina" jamoasini mehmon qildi. Qiziqarli o'tgan bellashuvda "Arbil" raqibini 3:2 hisobida engdi. Quvonarlisi mezbonlarning barcha goliga Sherzod Temirov mualliflik qildi. Bu Temirovning Iroq chempionatidagi ilk xet-trigi hisoblanadi, Chobanov esa o'yinda to'liq harakat qildi. 

O'zbekistonlik hujumchining Iroq chempionatidagi gollari soni 19 taga etdi va to'purarlar poygasida yetakchilikni saqlab qoldi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia