

Janni Infantino FIFAga a'zo davlatlarga jahon chempionati huquqlari ulushini sotishdan tushgan mablag'ning bir qismini taklif qilmoqda. Avvalroq FIFA prezidenti turnir huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotmoqchi ekani ma'lum bo'lgan edi. The Times xabariga ko'ra, Infantino tashkilotning barcha 211 ta a'zo assotsiatsiyasiga agar uning rejasiga rozi bo'lsalar, har biriga 40 million dollardan to'lashni vada qilgan. Shu bilan birga, ularda taklifni qabul qilish uchun bor-yo'g'i 53 kun vaqt bor.
"Bu taklifni qabul qilish yoki qilmaslik to'g'risidagi qaror to'liq o'zingizga bog'liq. Agar uni qabul qilishni xohlasangiz, 10 milliard dollarlik paket 2027 yilning 1 yanvaridan boshlab mavjud bo'ladi va bu bizning birgalikdagi sayohatimizning keyingi bosqichi boshlanishini anglatadi.
Agar status-kvoni saqlab qolishga va bu taklifni rad etishga qaror qilsangiz, biz avval e'lon qilinganidek, Forward dasturini [moliyalashtirishni ko'paytirish bo'yicha] 2,7 milliard dollarga kengaytirishga tayyormiz.
2027 yil 1 yanvar kuni boshlanadigan bo'lajak cikl davomida umumiy hisobda a'zo assotsiatsiyalarning har biri ushbu taklif doirasida 40 million dollargacha mablag' olishi mumkin", – deyiladi Infantino maktubida.
Tashqi investorlar bilan bitimga qarshi chiqayotgan manbalar Infantinoning moliyalashtirishni ko'paytirish bo'yicha taklifini "sof pora" deb atadi.



