

"Yosh futbolchilarning Superligada o'ynashi – juda yaxshi holat. Men bungacha ham aytganman, agar imkoniyat bo'lsa, ular 16, 17, 18 yoshidayoq o'ynashi kerak. Bizda hozir bunday imkoniyat tabiiy ravishda yuzaga keldi, chunki ko'plab tajribali o'yinchilarimiz klubni tark etishdi. Lekin men qayerdadir eshitdim... Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazmayman, ammo qaysidir futbol ekspertlari "ular ko'plab o'yinchilari kyetib qolgani uchungina yoshlarga imkoniyat beryapti", deb yozishibdi. Bu yolg'on. Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Agar ular so'nggi 2,5 – 3 mavsum davomida "Bunyodkor" nechta yosh futbolchiga o'ynash imkonini berganini xolisona tahlil qilishsa, hammasi oydinlashadi. Faqatgina nishonimizni biroz to'g'rilab olishimiz kerak. Hozir ularning soni shunchaki ko'proq bo'ldi, chunki bugun tarkibda taxminan 7-8 nafar yoshlar o'ynadi. Umuman olganda, bu yosh yigitlar shunday ruhda davom etishsa, men faqat xursand bo'laman", dedi 44 yoshli mutaxassis.



