Ibrohim Ibragimov: "Kannavaro jismoniy holatingni yaxshilashing kerak, dedi"

Абдулвосит Бектемиров
25 mar 2026
“Paxtakor” yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov MTJning bugungi mashg'ulotlaridan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Yig'in yaxshi kayfiyatda boshlandi. Muhit a'lo darajada. Dastlabki uchrashuvga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Birinchi raqibni nazariy jihatdan o'rganishni boshlab yubordik", - deya fikr bildirdi Ibrohim Ibragimov.

- Fabio Kannavaro terma jamoaga ko'plab yangi nomlarni jalb etmoqda. Ketma-ket ikki yig'indan buyon terma jamoadagi chaqiruv olyapsiz. Bosh murabbiy bilan o'zaro gaplashdingizmi? Kannavaro nimalar dedi?

- Dastlabki yig'inda gaplashdik. Ko'proq harakat qil. Yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishing kerak. Jismoniy jihatingni yanada yaxshilashing kerak dedi.

- Kannavaro uslubining qaysi jihatlari yaqqol ko'zga tashlandi deya ayta olasiz?

- Daraja yuqori. Mundialda o'ynagan murabbiy keldi. Mashg'ulotlarda temp yuqori. Oldin terma jamoada bo'lmaganman.

- FIFA Series musobaqasi JCHga tayyorgarlik yo'lida qanchalik foyda berishi mumkin?

- Yaxshi ta’sir o'tkazadi deb o'ylayman. Qayerda kamchiligimiz borligini bilib olamiz.

ibragimov.JPG


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia