Husanov "Bornmut"ga qarshi o'yinda necha ballga loyiq ko'rildi?

Оқил Абдубарноев
23 avg 2026, 22:53
Angliya Premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" hamda "Bornmut" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Ushbu bellashuvda manchesterliklar 2:1 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Mazkur o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Nufuzli Sofascore statistik portali mazkur bahsda ishtirok etgan futbolchilarning harakatlarini tahlil qilib, o'zining odatiy baholarini e'lon qildi. Unga ko'ra, Abduqodir Husanovning harakatlari mutaxassislar tomonidan 7.0 ballga loyiq deb topildi.

Snimok ekrana 2026-08-23 223222.png

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia