

"Manchester Siti" klubi "Etixad stedium"da "Bornmut"ni qabul qilmoqda. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamoqda. Mazkur uchrashuvdan matnli translyatsiyani shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
Manchester Siti - Bornmut 2:1
Gollar: Markus Taverne (26, 0:1), Mark Gexi (85, 1:1), Yoshko Gvardiol (90+2, Rayan Sherkining uzatmasidan, 2:1).
Manchester Siti: Janluiji Donnarumma, Riko Lyuis (Matteus Nunes, 57), Abdukodir Xusanov, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol, Elliot Anderson (Mateo Kovachich, 63), Mark Gexi, Fil Foden (Jek Grilish, 82), Niko O’Rayli (Rayan Sherki, 63), Antuan Semeno, Erling Xoland.
Bornmut: Jorje Petrovich, Arno Tryuffer, Antonio Silva, Djeyms Xill, Adam Smit, Aleks Skott, Lyuis Kuk (Tayler Adams, 76), Markus Taverne, Djastin Klyuyvert (Aleks Tot, 75), Rayan (Ben Gennon-Douk, 89), Evanilson (Daniel Djebbison, 75).
Ogohlantirishlar: Fil Foden (78), Antonio Silva (85), Evanilson (45+1).
Uchrashuv yakunlandi! “Manchester Siti” mavsumni juda qiyin g'alaba bilan boshladi.
90+2. GOOOOOOOLLLL!! Gvardiolning goli inobatga olindi! Himoyachilar "Siti"ni qutqarib ketishmoqda.

90+1. Gvardiol gol urgandi. Biroq ofsayd qayd etildi. Do'stlar, bu yerda ofsayd yo'qqa o'xshamoqda. VAR ishga tushdi.
O'yinga 3 daqiqa qo'shildi.
90. Husanov hujumga o'tishga harakat qildi. Himoyachilar uni to'xtatishdi.
84. GOOOOOOLLLL!! GEXIIIII!! Burchakdan uzatilgan to'pni Mark darvozaga yo'lladi.

82. Foden o'rniga Grilish maydonga tushdi. Stadion Jekni olqishladi.
79. ZARBAAA!! Jebbisonning boshi bilan yo'llagan zarbasini Donnarumma qaytarib yubordi.
76. “Bornmut”da bir yo'la uch o'zgarish.
75. Nihoyat, Xolanddan aniq zarba. Biz bu daqiqani 75 daqiqa kutgandik. petrovich ikki urinishdan keyin to'pni ushlab oldi.
72. XOLAAANDDDD!! Erling yana qulay nuqtada adashdi.
68. Fodenning zarbasi raqibiga tegib, darvozaning yonidan o'tib ketdi. Korner.
67. ZARBAAAA!! Semenoning zarbasini Petrovich qiyinchilik bilan qaytarmoqda!
65. Xolandning qanotdan markaziy hujumga uzatmasini Petrovich ushlab oldi. Mehmonlar juda tartibli o'ynamoqda.
63. “Siti”da o'zgarishlar:Anderson o'rniga Kovachich, O’Rayli o'rniga Sherki.
62. Andersonning jismoniy holati pand berdi. Sherki maydonga tushadi.
58. “Siti” hujumda. Nuneshning uzatmasidan keyin Xoland boshi bilan zarba yo'llay olmadi. Semeno esa qulay nuqtadan turib, to'pga zarba berishni uddalamadi.
56. “Siti”da ilk o'zgarish: Lyuis o'rniga Nunesh. Bu juda kerak edi.
54. Semeno “Siti”ning bu o'yiniga ortiqchadek ko'rinmoqda. U ikkinchi taym maydonga tushmabdi, hisob.
51. GEXIIIII!!! NIMALAR QILYAPSANNN?? Burchakdan ideal uzatma va 3 metrdan bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi u…
50. “Siti” burchak zarbasiga ega bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!
45+1. Evanilson ogohlantirildi.
45. Maydonda dahanaki janjal boshlanmoqda. “Bornmut” futbolchisi yerda uzala tushib, yotibdi.
41. ZARBAAAAAA!! Klyuyvertning zarbasini Donnarumma qaytardi. 0:2 bo'ladigan vaziyat edi.
40. ZARBAAAAA! Tavernining 20 metrlardan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.
39. PETROVICHCHCHCH! Xolandning boshi bilan yo'llagan zarbasini qaytardi! Juda murakkab va darvozaning burchagiga yo'llangan zarba edi.
37. Hozircha “Siti” Gvardiola davridagi kabi emas. Mareskaning “Siti”si mavsumni bo'g'ilgan holatda boshlamoqda.
33. “Siti”ning uzoq vaqt davom etgan hujumini Xolandning zarbasi yakunladi. Zarbani himoyachilar qaytarishdi.
31. “Siti” sokinlikni saqlab qolmoqda. Kreativ futbolchilarning nostandart harakatlari evazigagina jamoa vaziyat yaratmoqda.
26. GOOOOL! Hisob ochildi. “Siti” himoyasi uxlab qolganidan “Bornmut” foydalandi. Taverni “Bornmut”dagi debyut o'yinida gol urdi.

25. “Man Siti” futbolchilari bosh hakamdan penalti talab qildi. Biroq VAR ham bu fikrga qo'shilmadi. O'yin osoyishta davom etmoqda.
23. “Bornmut” hujumga o'tdi. Klyuyvertning qanotdan uzatmasini Diash egallab oldi.
19. Xoland sochini oldirib, bir yo'la iqtidorini ham yo'qotgandek)
14. ZARBAAAAAA!! Gvardiolning qo'pol xatosidan keyyin “Bornmut” “Siti” darvozasi oldida xavf soldi. Rayanning zarbasini Donnarumma qaytardi.
13. XAVFLI VAZIYAT! Xoland juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Qanotdan uzatilgan to'pni Erling darvoza yonidan turib, gol ura olmadi.
9. Mareska shogirdlari o'yinni to'laqonli nazorat qilmoqdalar. “Bornmut” hozircha to'psiz holatda.
6. “Shaharliklar” jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Foden uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishdi.
4. ZARBAAAAAA!! “Siti” tezkor qarshi hujumga o'tdi. Foden-Xoland-Lyuis kombinaciyasidan keyingi zarbani Petrovich qaytardi!
3. “Siti” hujumga o'tdi. Fodenning pasini Xoland qabul qilib oldi va Orayliga oshirdi. Orayli hujumda fol ishlatdi.
2. O'yin past temp bilan boshlandi. “Siti” to'pga egalik qilishga harakat qilmoqda.
Uchrashuvga start berildi. Sobiq futbolchi va murabbiy Kevin Kigan xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlandi.
Tarkibga nazar soladigan bo'lsak, Husanov bugun o'ng qanot himoyachisi joyida to'p tepish ehtimoli yuqori. Gvardiol chapda, Gehi hamda Diash markaziy himoyada.
Assalom alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun APL 1-turi doirasida “Manchester Siti“ klubi “Bornmut“ni mehmon qiladi.




