Kelajak uchun sarmoya: "Chelsi" Italiya terma jamoasining 18 yoshli himoyachisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 17:50
“Chelsi” “Atalanta” va Italiya terma jamoasi himoyachisi Onest Aanor bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi London klubi safiga rasman 2027 yilning yozida kelib qo'shiladi.

2.jpg

Taniqli insayder Fabricio Romanoning yozishicha, transfer summasi 46,7 mln evroni tashkil etdi. Endi Aanor “Atalanta”dan “Kristal Pelas”ga ijara asosida o'tadi.

Aanor o'tgan mavsum “Atalanta” tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushdi - bu uning 2025 yil iyulida “Jenoa”dan ko'chib o'tganidan keyin Bergamodagi birinchi mavsumi edi. 2026 yilning iyunida esa u Italiya milliy terma jamoasida debyut qilib, 2 ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano