"Chelsi" hujumchisini "Leyptsig"ga sotdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 16:05
"Chelsi" hujumchi Mark Giu Germaniyaning "Leyptsig" klubiga sotilganini e'lon qildi.

Giu 2024 yilning yozida "Barselona"dan 5 million funt evaziga o'tganidan so'ng "Chelsi" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

Giu "Chelsi"da o'z salohiyatini to'liq namoyon eta olmadi, o'tgan mavsumning birinchi yarmida "Sanderlend"da ijara asosida o'tkazgan davri esa Mark uchun mutlaqo omadsiz bo'lib chiqdi.

“The Athletic” nashri xabariga ko'ra, "Leyptsig" Giu uchun taxminan 16 million evro (13,7 million funt) to'laydi, shuningdek, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi kelgusida boshqa klubga qayta sotilgan taqdirda, undan tushgan mablag'ning salmoqli qismini "Chelsi" bilan bo'lishish majburiyatini oladi.

Qo'shimcha qilish joizki, dastlab "Chelsi" Giuga qiziqish bildirgan klublardan 25 million funt talab qilgandi, biroq transfer muddati tugashi yaqinlashgach, narxni tushirishga majbur bo'ldi. Bundan "Leyptsig" unumli foydalanib, futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan bitim imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com