"Bavariya" Xolandning transfer imkoniyatini o'rganmoqda

16 avg 2026, 18:49
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Bundesligaga qaytishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Bavariya" hujumchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Myunxen klubi norvegiyalikni Harri Keynga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Bavariya" 2-3 yildan so'ng Xolandning transferini rasmiylashtirishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Erling Xoland avvalroq Dortmundning "Borussiya" jamoasida Bundesligada o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild