Xolandning otasi: "Hakam Norvegiyani to'nadi"

12 iyul 2026, 21:57
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland JCH–2026 chorak finalida Angliyadan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) keyin hakamlikni qattiq tanqid qildi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida norvegiyaliklar kiritgan gol VAR tekshiruvidan so'ng bekor qilindi. Bosh hakam Kleman Tyurpen Erling Holandning Eliot Andersonga qarshi qoidabuzarlik qilganini inobatga oldi.

O'yindan keyin ingliz jurnalisti Genri Uinter Jud Bellingemni maqtab, uning uchrashuv taqdirini o'zgartirganini ta'kidladi.

"Bellingem Angliyaning musobaqani tark etishiga yo'l qo'ymadi. U mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi, hal qiluvchi vaziyatni yaratdi va undan unumli foydalandi. U so'nggi 35 yilda Angliya terma jamoasida men ko'rgan eng yaxshi futbolchi", - deb yozdi Uinter.

Bu fikrga javob qaytargan Alf-Inge Holand esa hakamlikdan norozi ekanini yashirmadi.

"Rostdanmi? Angliyani hakam qutqarib qoldi. Umid qilamanki, endi chempion bo'lasizlar. Ammo mening fikrimcha, bugun bizni to'nashdi", - deb yozdi Holandning otasi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Norvegiyani 2:1 hisobida mag'lub etib, JCH–2026 yarim finaliga yo'llanma oldi. Mazkur bahsdagi hakamlik qarorlari esa uchrashuvdan keyin qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/alfiehaaland