Gvardiola: "U - men ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri"

Khoja
21 okt 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning 22 yoshli fransiyalik hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki haqida fikr bildirdi.

"Rayan Sherki men faoliyatimda ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. Texnik jihatdan u o'z o'yinining eng yuqori pog'onasida. Har safar u to'pni qabul qilganda vaziyat bizning foydamizga yaxshilanadi. U endi jamoaga kelganda biroz bosimda edi, hozir esa barchasi ortda qoldi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Rayan Sherki "Manchester Siti"ga 2025 yilning yozida "Lion"dan 45 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida APLda 3 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.


KhojaMuallif
Manba: mancity.fever2