Gvardiola sovrin qo'lga kiritish bo'yicha Lucheskudan o'tib ketdi va ikkinchi o'ringa chiqib oldi

Aziz Tukhtamuradov
17 avg 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola sovrinlar yutish bo'yicha "Dinamo Kiev" ustozi Mircha Lucheskudan o'tib ketdi.

Kechagi Superkubok Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi 36-sovrin bo'ldi. U hisobida 35 ta sovrin bo'lgan Mircha Lucheskudan o'tib ketdi va bu borada ikkinchi o'rinni o'ziniki qilib oldi. 

Eng ko'p sovrin yutish bo'yicha Aleks Fergyuson yetakchi hisoblanadi. U murabbiylik faoliyatidagi 39 yil davomida 49 ta sovrin yutgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Joe