Superliga. "Lokomotiv" – "Nasaf" o'yinida kuchlar teng keldi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2026, 19:50
Superliganing 24-tur bahslarida o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi, 24-tur

"Lokomotiv" - "Nasaf" 0:0

17.10.2026, 18:00

Toshkent, "Lokomotiv" stadioni

Bosh hakam: Jasur Muxtorov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Zaxira hakami: Diyorbek Temirbekov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Edita Mirabidova

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Akmal Rahmatov

"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 11. Temurxo'ja Abduholiqov (10. Shodiyor Shodiboev, 84), 14. Nikolay Ivanov, 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzaev (70. Muhammadali Reimov, 84), 18. Aleksandr Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 28. Shuhrat Muhammadiev ((22. Sunnatlla Poyonov, 90+1), 33. Oleg Zoteev (8. Bilol Tupliev, 65), 99. Jasurbek Yaxshiboev (9. Suhrob Nurulloev, 63)

Zaxira: 16. Danil Baklanov, 7. Quvonchbek Abraev, 30. Jafar Bahodirov, 61. Nurlan Ibraimov.

"Nasaf": 1. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 4. Akramjon Komilov (5. G'olib G'aybullaev, 63), 6. Sardorbek Bahromov (17. Murodbek Rahmatov, 63), 7. Adenis Shala (20. Yusuf Otubanjo, 79), 8. Zafarmurod Abdirahmatov (22. Diyorbek Abdunazarov, 90+1), 10. Bobir Abdiholiqov, 14. Sharof Muhitdinov, 15. Oybek Rustamov, 77. Paata Gudushauri (70. Abbosjon G'ulomov, 79), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 21. Samandar Muratbaev, 23. Dilshod Murtazaev, 27. Yashnarbek Berdirahmonov, 76. Zafar Sadullaev.

⏹ 90+2-daqiqa. O'yin yakunlandi! Bosh hakam Jasur Muxtorovning final hushtagi yangradi. Toshkentda kechgan shiddatli va murosasiz bahsda hisob ochilmadi: "Lokomotiv" – "Nasaf" – 0:0.

⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Jasur Muxtorov uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

🔄 84-daqiqa. "Lokomotiv" tarkibida ikkitalik o'zgarish: Sardor Mirzaev o'rniga Muhammadali Reimov, Temurxo'ja Abduholiqov o'rniga esa Shodiyor Shodiboev maydonga tushdi.

🔄 79-daqiqa. "Nasaf" tarkibida ikkitalik o'zgarish: Adenis Shala o'rniga Yusuf Otubanjo, Paata Gudushauri o'rniga esa Abbosjon G'ulomov maydonga tushdi.

71-daqiqa. Temurxo'ja Abduholiqov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

70-daqiqa. Paata Gudushauri aylanma zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

🔄 65-daqiqa. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarishlar: Oleg Zoteev o'rniga Bilol Tupliev, Jasurbek Yaxshiboev o'rniga esa Suhrob Nurulloev maydonga tushdi.

🔄 63-daqiqa. "Nasaf" tarkibida ikkitalik o'zgarish: Akramjon Komilov o'rniga G'olib G'aybullaev, Sardorbek Bahromov o'rniga esa Murodbek Rahmatov maydonga tushdi.

59-daqiqa. Diyorjon Turopov jarima zarbasidan to'pni oldinga uzatdi. Sardorbek Bahromov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46-daqiqa. Bobir Abdiholiqov raqib jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi. "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

⏱ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Jamoalar maydonga qaytishdi va uchrashuv davom etmoqda.

⏸ 45-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Bosh hakam Jasur Muxtorovning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.

45-daqiqa. Oybek Rustamov olis masofadan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

40-daqiqa. Sardorbek Bahromov olis masofadan yana bir bor zarba yo'lladi, biroq bu safar to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

⚠️ 37-daqiqa. Xavfli vaziyat! Jasurbek Yaxshiboevning zarbasiga qarshiliklardan tezkor javob! Sardorbek Bahromov jarima maydonchasi tashqarisidan o'ng oyoqda darvozaning yuqori burchagini nishonga olib kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

37-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov to'pni egallab oldi.

33-daqiqa. Nikolay Ivanov jarima zarbasidan to'pni oldinga uzatdi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov to'pni ishonch bilan egallab oldi.

⚠️ 32-daqiqa. Xavfli vaziyat! Sharof Muhitdinov burchakdan uzatgan to'pga Akramjon Komilov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi biroz noaniq bo'ldi.

⚠️ 31-daqiqa. Xavfli vaziyat! Paata Gudushauri o'ng qanotdan bir raqibini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirdi va markazga to'p uzatdi. Sardorbek Bahromov yo'llagan zarba himoyachiga tegib, darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 29-daqiqa. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Nikolay Ivanov zarba yo'lladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

23-daqiqa. Shuhrat Muhammadiev o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov to'pni egallab oldi.

11. Adenis Shala chap qanotdan oldinga siljib, jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov to'pni o'z vaqtida egallab oldi.

⚠️ 3. Xavfli vaziyat! Oleg Zoteev raqib jarima maydonchasi ichidan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.

⏱ 1. Bosh hakam Jasur Muxtorovning hushtagi yangradi va bahs boshlandi. To'pni maydon markazidan mezbonlar – "Lokomotiv" futbolchilari o'yinga kiritishdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. "Lokomotiv" qizil, "Nasaf" esa ko'k rangli liboslarda to'p tepadi. Uchrashuv boshlanishi arafasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia