Xoland Chempionlar ligasida Messining ikki rekordini yangiladi

16 okt 2026, 01:15
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasidagi natijalari bilan yana bir bor tarixga kirdi.

Norvegiyalik futbolchi PSJga qarshi kechagi uchrashuvda dubl qayd etib, turnirdagi gollari sonini 60 taga etkazdi. "Manchester Siti" ushbu bahsda 4:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Holand Chempionlar ligasidagi 60-golini urish uchun atigi 60 ta o'yin o'tkazdi. Bu musobaqa tarixidagi yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli edi: argentinalik yulduz 60 ta gol chegarasiga yetish uchun 80 ta uchrashuv o'tkazgan.

Bundan tashqari, Holand Chempionlar ligasida 60 ta gol urgan eng yosh futbolchiga ham aylandi. U bu natijaga 26 yosh 85 kunligida erishdi.

Messi esa avvalgi rekordni 26 yosh 86 kunligida o'rnatgan edi. Holand argentinalik afsonadan atigi bir kunga o'zib kyetib, yana bir tarixiy natijani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia