Giorgi Nikabadze: "Al Ittihod" mag'lub bo'lmaydigan jamoa emas. "Navbahor" maqsadi yo'lida raqib tanlamaydi"

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2024, 07:53
"Navbahor" qishki transferlar vaqtid tarkibiga gruziyalik hujumchi Giorgi Nikabadzeni qo'shib oldi.

O'tgan mavsum ikkinchi davrasida "Neftchi"da to'p tepgan futbolchi endilikda "lochinlar" sharafini himoya qiladi. Nikabadze "Al Ittihod" bilan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Navbahor"ga qanday qilib kelib qoldingiz? Yangi jamoangiz haqidagi dastlabki taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...

- Intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. Yangi jamoamda barchasi yaxshi va yoqimli. "Navbahor" tomonidan taklif bo'ldi. Taklifni o'rganib chiqib rozi bo'ldim. Shartnoma imzoladik. Bor gap shu. 

- "Neftchi"dan ketishingizni sababi nimada?

- Bu haqida gapirishni istamayman. Men barcha e'tiborimni oxirigacha "Navbahor"ga qaratganman. "Navbahor" bilan barcha musobaqalarda g'olib chiqmoqchimiz. 

- Moslashish qiyin kechmayaptimi?

- "Navbahor"da ahil oila yig'ilgan. Bu erga kelgunimga qadar Toma Tabatadzeni bilar edim. Shu bois moslashishda muammoga duch kelmadim. 

- Oldinda "Al Ittihod"ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Bizda hali chempionat boshlanmagan. Bu omil rasmiy o'yinlarda pand bermaydimi?

- "Al Ittihod"ni qanday raqibligini va kuchini yaxshi bilamiz. Lekin mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Bu to'siqni engib o'tish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

- Raqib tarkibida mahoratli va tajribali nomlar ko'p. "Navbahor" "Al Ittihod"ning ustunligini qanday qilib yo'qqa chiqarishi mumkin? 

- "Navbahor" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Shu bois har qanday raqibni yutishimiz kerak. 

- "Neftchi" va "Paxtakor"ga qarshi o'yinlar "Navbahor" uchun principial ahamiyatga ega. Siz qaysi to'qnashuvni ko'proq kutyapsiz?

- Chempionlik yo'lida har bir raqib muhim hisoblanadi. Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia