Uotkinsning rafiqasi husiylarning raketa hujumlari sababli Saudiya Arabistonini tark etdi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2026, 16:10
Angliya terma jamoasi va "Al-Hilol" klubi hujumchisi Olli Uotkinsning rafiqasi Elli mintaqadagi raketa hujumlari sababli farzandlari bilan Saudiya Arabistonidan Buyuk Britaniyaga qaytib keldi.

Eslatib o'tamiz, Uotkins avgust oyida "Aston Villa"dan "Al-Hilol"ga o'tgan edi. Saudiyaliklar uning transferi uchun 50 million funt sterling to'lashgan.

"Hayotimizda kichik kutilmagan burilish yuz berdi. Men Buyuk Britaniyaga qaytdim, umid qilamanki, bu vaqtinchalik. Qachon orqaga qaytishimizni hozircha bilmayman. Saudiya Arabistonida ayni paytda kichik kelishmovchilik yuz bermoqda va biz vaziyat tinchiguniga qadar shu yerda qolishga qaror qildik. Toki barchamiz yana birga bo'lgunimizcha, ularda hech bo'lmaganda qandaydir normal hayot bo'lishi uchun buni farzandlarim uchun qilishim kerakligini his qildim", - dedi Elli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma'lumot o'rnida, Uotkinslar oilasida ikki nafar farzand bor - besh yoshli Amara va uch yoshli Marli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail