

Unda futbolchilar kutilgan natijalarni bera olishmaganini tan olib, muxlislarga qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirishgan.
"Ushbu jahon chempionati uyimizdan juda uzoqda bo'lib o'tdi. Ammo siz o'sha yerda edingiz. Siz bizni baland ovozda qo'llab-quvvatladingiz. Va siz yanada ko'prog'iga tayyor edingiz. Afsuski, biz maydonda o'z maqsadlarimizdan juda uzoqda bo'ldik. Bu jamoa nimalarga qodirligini ko'rsata olmadik va haqli ravishda juda erta chiqib ketdik. Biz bu yo'lni siz bilan birga bosib o'tishni va Germaniyani faxrlantirishni istagandik. Ammo bu yil buning uddasidan chiqa olmadik. Bu juda og'riqli. Sizlarga qanchalik og'ir bo'lsa, bizga ham shunchalik alam qilmoqda.
Biz o'yinimizga nisbatan aytilgan tanqidlarni qabul qilamiz. Bu asosli va sportning bir qismidir. Ammo futbolda nafratga o'rin yo'q. Biz irqchilikka yoki kamsitishning har qanday boshqa ko'rinishiga toqat qilmaymiz. Futbol bo'linish emas, balki hamjihatlik va birlik uchun xizmat qiladi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Siz biz bilan birga bo'ldingiz. Biz siz bilan birga yanada kuchli bo'lib qaytamiz".
Turnir favoritlaridan biri hisoblangan Germaniya terma jamoasi 1/16 final bosqichida penaltilar seriyasida Paragvayga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Bu 2018 va 2022 yillarda ham pley-offga chiqa olmagan jamoa uchun haqiqiy muvaffaqiyatsizlikka aylandi.



