

O'yin Fransiyaning Vilnyov-d'Ask shahridagi "Dekatlon Arena - Per-Morua" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni germaniyalik bosh hakam Sasha Shtegeman boshqarib boradi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
Fransiya: Menyan, Kunde, Yupamekano, Saliba, T. Ernandes, Tchuameni, Rabo, Olise, Dembele, Due, Mbappe.
Shimoliy Irlandiya: P. Charlz, Spenser, Xam, Makkonvill, Braun, Devenni, Makkenn, SH. Charlz, Kelli, Prays, Donli.
Fransiya terma jamoasi JCH-2026 da ishtirok etadi va ular I guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan kuch sinashadi. Shimoliy Irlandiya esa saralashning pley-off bosqichida Italiyaga (0:2) imkoniyatni boy berib, mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan.



