

Maxsus kechki ovqat payti Emmanuel Makron Kilian Mbappega aytgan bazi gaplar turli manbalar tomonidan ma'lum qilindi. Xususan, Fransiya prezidenti Mbappening PSJdan ketayotgani haqida gapirgan.
"Bizni yana muammoga duchor qilmoqdasan", -deydi Emmanuel Makron Kilian Mbappe bilan suhbat davomida. Bu gaplar qanday kontekstta aytilgani aniq emas.
Avvalroq, Mbappe yozda "Real"ga ko'chib o'tishi xabar qilingan, PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi uni bu fikridan qaytarish uchun ortiq urinmasligi aytilgandi.




