

Parij klubi finalda "Inter"ni yirik hisobda mag'lub etib (5:0), Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
Shu munosabat bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yakshanba kuni jamoani Elisey saroyida qabul qiladi.
Shuningdek, shu kuni chempionlik paradi ham rejalashtirilgan - u Elisey maydonlari va G'alaba arkasi o'rtasidagi bir kilometrdan sal ko'proq masofada bo'lib o'tadi.



