"Filadelfiya" stadionida odamlardan boshpanaga ketish va o'yinga kelmaslik so'raldi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2026, 00:27
Fransiya va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 2-tur o'yini bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Linkoln Finanshial Fild" stadionida kuchli momoqaldiroq xavfi tufayli xavf e'lon qilindi.

Odamlardan arenani tark etish va yaqin atrofdagi boshpanaga yo'l olish so'raldi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanishi kerak edi.

BBC ma'lumotlariga ko'ra, avvalroq muxlislarga "mintaqadagi noqulay ob-havo" tufayli stadionga kelmaslik haqida xabar berilgan. Mintaqada kuchli yomg'ir, momoqaldiroq va chaqmoq chaqishi prognoz qilingan edi.

"Linkoln Finanshial Fild" bayonotida: "Mintaqadagi noqulay ob-havo tufayli stadionga kirish eshiklarining ochilishi kechiktiriladi. Agar siz mintaqa tashqarisida bo'lsangiz, iltimos, hozirgi vaqtda "Filadelfiya" stadioniga kelmang. Darvozalarning yangi ochilish vaqti ob-havo yaxshilangandan keyin e'lon qilinadi. Agar siz "Filadelfiya" stadioni yaqinida bo'lsangiz, iltimos, xavfsiz joyda pana joy toping", – deyilgan.

JCH-2026 doirasida stadion atrofidagi taxminan 13 kilometr radiusda chaqmoq chaqqani aniqlansa, o'yin 30 daqiqaga to'xtatilishi va muxlislar xavfsiz joylarga kuzatib qo'yilishi haqidagi qoidalar amal qiladi.

O'yin boshlanishiga uch soat qolganda kuchli yomg'ir yog'gan, hozircha o'yinning boshlanishini ko'chirish haqida rasmiy ma'lumot kelib tushmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC