

Uchrashuv Filadelfiyadagi (AQSH) "Linkoln Faynenshel Fild" stadionida o'tkaziladi. Bosh hakam sifatida Dryu Fisher (Kalgari, Kanada) ishlaydi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari:
Fransiya: Menyan, Din, Yupamekano, Kunde, Saliba, Kone, Rabo, Dembele, Mbappe, Olise, Barkola.
Iroq: Basil, Ali, Taxsin, Xashem, Doski, Bayesh, Ikbal, Al-Ammari, Ismail, Kasem, Xusseyn.
Birinchi turda fransiyaliklar Senegalni (3:1) mag'lub etgan bo'lsa, Iroq Norvegiyaga (1:4) imkoniyatni boy bergan edi. 3-turda Fransiya Norvegiya bilan (27 iyun), Iroq esa Senegal bilan (26 iyun) to'qnash keladi.
Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha bo'lib o'tadi: jamoalar aylanma tizimda o'ynab, uchtadan o'yin o'tkazadi. Har bir guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan ikkita terma jamoa, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan sakkizta jamoa pley-offga yo'l oladi.



