Fors Ko'rfazi Kubogi-2019. Qatar – BAA bahsida 6ta gol urildi, Yaman esa Iroq bilan o'ynadi

Eldor Akmurzayev
2 dek 2019
Fors Ko'rfazi Kubogi-2019 musobaqasi “A” kvartetidan o'rin olgan so'nggi tur uchrashuvlari yakunlandi.
Mezbon Qatar gollarga boy bahsda (4:2) BAAni engib, 2-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.

Qatar – BAA 4:2 (2:1, 2:1)

“Halifa” xalqaro stadioni. 

Gollar: Afif 20, 28 (p), Al-Haydos 53, Xuxi 90+4 – Ali Mabhut 33 (p), 77.

JCH-2022 saralashidagi guruhdoshimiz Yaman esa nihoyat so'nggi turga kelib,musobaqadagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi. Yamanliklar guruh peshqadami Iroq bilan nursiz durang (0:0) o'ynadi.

Yaman – Iroq 0:0 (0:0, 0:0)

“Abdulloh bin Halifa” nomidagi stadion. 

3 turdan keyin “A” guruhidagi holat:

Birozdan keyin, “B” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar ham boshlanadi. Ikkala o'yin 22:00ga belgilangan. 

Quvayt – Bahrayn 

Ummon – Saudiya Arabistoni


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia