2024 yilda vafot etgan Angliya terma jamoasi sobiq murabbiyi Britaniya soliq xizmati oldida qarz bo'lgan

Sherzod Nurmatov
12 noya 2026, 16:35
2024 yilda vafot etgan Angliya terma jamoasi va "Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Erikssonning Buyuk Britaniya soliq xizmati oldida hali ham qarzlari mavjud.

Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Avvalroq uning soliq idorasi oldidagi qarzdorligi 7,25 million funtni tashkil etgan bo'lsa, hozirda bu summa ikki barobar kamayib, 3,5 million funtga tushgan.

Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, foizlarning bir qismi mutaxassis vafotidan keyin hisoblangan.

Eriksson vafotidan so'ng uning umumiy qarz yuki 10,25 million funtga etgan. Shu sababli oilasi murabbiyning mol-mulkini, xususan, Shvetsiyadagi etti xonali hashamatli uyini kimoshdi savdosiga qo'yishga majbur bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail