PSJ "Borussiya" darvozaboniga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 noya 2026, 16:10
PSJ Dortmundning "Borussiya" jamoasi darvozaboni Gregor Kobelni sotib olishdan manfaatdor, deya xabar bermoqda “Sport Bild”.

Manbaga ko'ra, parijliklar 28 yoshli shveytsariyalik posbonning kelajakdagi rejalari bilan bir necha bor qiziqqan. PSJ Kobelni 2024 yildayoq safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqqandi, biroq o'shanda transfer amalga oshmagan.

"Borussiya" esa asosiy darvozabonini saqlab qolish niyatida va yaqin haftalarda 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Dortmundliklar 2026 yil oxirigacha kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Kobelning o'zi ham avvalroq klubda baxtli ekanligini va jamoadagi faoliyatini davom ettirishni istashini takidlagandi.

PSJning ayni damdagi asosiy darvozaboni rossiyalik Matvey Safonov bo'lib, u 2026/27 yilgi mavsumda barcha turnirlar doirasida 16 ta o'yin o'tkazib, 4 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kobel 2021 yildan buyon "Borussiya" sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o'yinda qatnashib, 5 marta darvozasini "quruq" saqladi. Transfermarkt portali shveytsariyalik futbolchining transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif