Eldor Shomurodov: "Terma jamoaga munosiblar chaqirilgan, yosh ikkinchi darajali hisoblanadi"

Iskandarov Abdulaziz
12 noya 2026, 08:30
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Rossiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yangi futbolchilar sekin-asta jamoaga moslashib bormoqda, o'tgan yig'inda ham bir qator yosh o'yinchilar qatnashgan edi. Birinchi navbatda, terma jamoaga eng munosiblar chaqirilgan. Biz ularga doim qo'limizdan kelgan yordamni beramiz, qolgani ularning o'z qo'lida.

Rossiya terma jamoasida individual jihatdan kuchli futbolchilar bor, shu bois qiziqarli bahs kutmoqda. Ularga qarshi o'ynash biz uchun ham foydali, o'z kuchimizni sinab olamiz.

Batrakov Turkiyada o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Barchasi uning o'ziga bog'liq - o'ylaymanki, u o'z salohiyatini yanada yorqinroq namoyon eta oladi.

Abduqodir Husanovda kichik jarohat bor, hozir u shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi.

Fikrimcha, futbolda yosh ikkinchi darajali masala. Kim munosib bo'lsa, o'sha chaqirilishi kerak. Hozir terma jamoaga jalb etilganlarning barchasi bunga munosib”.

Ma'lumot uchun, Rossiyaga qarshi bahs bugun soat 20:00 da “Paxtakor” stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia